O’zbekiston Prezidenti Samarqand shahriga yetib keldi

O’zbekiston Prezidenti Samarqand shahriga yetib keldi

TOSHKENT, 15-sentabr. /”Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun bugun Samarqand shahriga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, bugun Germaniya Federal kansleri Olaf Shols mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelmoqda.

Bo’lajak muzokaralarda O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi o’zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko’rib chiqiladi.