TOSHKENT, 16-sentabr. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ kansleri Olaf Shols bugun qo’shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabining ochilishiga bag’ishlangan marosimda ishtirok etdilar, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, loyiha O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg’armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berdilar. Uning asosiy maqsad va vazifalari mamlakatimiz hududlarida boshqaruv kadrlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish borasidagi salohiyatini oshirishdan iborat.