TOSHKENT, 15-sentabr. /”Dunyo” AA/. Bugun Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo’ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni shohsupaga taklif etdi.
Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o’tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so’ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.