TOSHKENT, 8-sentabr. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Qozog’iston poytaxtiga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog’iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O’zbekiston Prezidenti bugun Ostona shahrida bo’lib o’tadigan V Butunjahon ko’chmanchilar o’yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.