Aziz Vatandoshlar!

Aziz Vatandoshlar!

Sizlarni eng muhim va qadrli bayramimiz – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Bu kun davlatimizning erkinligi va suverenitetini, o’z rivojlanish yo’lini mustaqil ravishda tanlash va kelajagini belgilash huquqini anglatadi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston ulkan yo’lni bosib o’tdi, turli sohalarda jadal rivojlanib borayotgan davlatga aylandi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga mustahkam sog’liq, farovonlik, tinchlik va taraqqiyot tilaymiz! Qaerda bo’lmaylik, har kuningiz quvonch, baxt va yangi yutuqlarga to’la bo’lsin,!
Vatanga bo’lgan muhabbatimiz esa ruhimizga kuch bag’ishlab, bizlarni jipslashtirsin!

Samimiy tilaklar bilan,
O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi