O’zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakchilari sammitining madaniy dasturida ishtirok etdi

O’zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakchilari sammitining madaniy dasturida ishtirok etdi

TOSHKENT, 8-avgust. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga tashrifi doirasida bugun Markaziy Osiyo va Ozarbayjon san’at ustalarining “Do’stlik kechasi” tantanali konsertida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, tadbirda Qozog’iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, sammitning faxriy mehmoni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham qatnashdi.

Folklor-etnografik ansambllar va estrada san’atkorlarining rang-barang chiqishlari, milliy qo’shiq va raqslar xalqlarimizning mushtarakligi va madaniy yaqinligini yaqqol namoyon etdi.