O’zbekiston Prezidenti Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

O’zbekiston Prezidenti Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

TOSHKЕNT, 15-iyun. /”Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, Qur’on tilovat etilib, duo o’qildi.

Ulamolar bilan bo’lgan suhbatda ilm-ma’rifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni vatanparvarlik va shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida so’z yuritildi.

Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko’zdan kechirildi.

Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo’nab ketdi.