O’zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Anqaraga keldi

O’zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Anqaraga keldi

TOSHKENT, 6-iyun. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga kecha Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, poytaxtning “Esonbug’a” aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

6-iyun kuni ikki mamlakat yetakchilari raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

Muzokaralar doirasida O’zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ilk bor ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan qo’shma uchrashuv o’tkazilishi ham rejalashtirilgan.