O’zbekiston TIV rahbari ICESCO bosh direktori bilan uchrashdi

O’zbekiston TIV rahbari ICESCO bosh direktori bilan uchrashdi

TOSHKENT, 31-may. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri

“Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O’zbekiston TIV rahbari o’zining telegram kanalida. – Hamkorligimizda ulkan salohiyat mavjudligi hamda uni nafaqat O’zbekistonda, balki mintaqaviy va jahon miqyosida ham istiqbolli loyihalar orqali ro’yobga chiqarish zarurligini ta’kidladik. Doktor Salim Al-Malik janoblarining mintaqamiz allomalarining insoniyat taraqqiyotiga qo’shgan beqiyos hissasi haqidagi samimiy so’zlarini yuksak qadrlaymiz”.

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)