Ko’ksaroy qarorgohida Rossiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi

Ko’ksaroy qarorgohida Rossiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi

TOSHKENT, 27-may. /”Dunyo” AA/. Bugun Ko’ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko’tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o’tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so’ng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.