Oliy darajadagi O’zbekiston – Italiya muzokaralari yakunida ikki mamlakat o’rtasidagi strategik sheriklik va ko’p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish bo’yicha qator hujjatlar imzolandi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari yakunida ikki mamlakat o’rtasidagi strategik sheriklik va ko’p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Qo’shma bayonot qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O’zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, davlat rahbarlari huzurida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish to’g’risida Hukumatlararo bitim hamda ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohasida hamkorlik qilish to’g’risida kelishuvlar imzolandi.