TOSHKЕNT, 29-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Qozog’iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, suhbat avvalida O’zbekiston yetakchisi Qarag’andi viloyatidagi konda ro’y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlikbildirdi.
Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda mamlakatimiz zarur ko’makni ko’rsatishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
Eslatib o’tamiz: kecha O’zbekiston rahbari Qarag’andi viloyatidagi Kostenko konida sodir bo’lgan portlash munosabati bilan Qozog’iston rahbariga hamdardlik bildirgan edi. Portlash 28 oktyabr kuni soat 2.33 da (Toshkentda – 1.33) sodir bo’lgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, Kostenko konida halok bo’lganlar soni 36 kishiga yetdi, 10 nafar kon ishchisini qidirish davom etmoqda.
Kecha Qozog’iston Prezidenti 29 oktyabrni milliy motam kuni, deb e’lon qilish to’g’risidagi hujjatni imzoladi.