O’zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Berlin shahriga keldi

O’zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Berlin shahriga keldi

TOSHKENT, 28-sentyabr. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan Berlin shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, “Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal o’lkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpranger va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ertaga, 29 sentyabr kuni O’zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi, Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o’tkazadi.

Tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham o’rin olgan.