AQSH Prezidenti mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Yangi O‘zbekistonda amalda oshirilayotgan islohotlar siyosatini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi

AQSH Prezidenti mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Yangi O‘zbekistonda amalda oshirilayotgan islohotlar siyosatini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi

TOSHKENT, 20-sentyabr. /“Dunyo” AA/.  Kuni kecha BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSH Prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. AQSH Prezidenti mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Yangi O‘zbekistonda amalda oshirilayotgan va muqarrar tus solgan islohotlar siyosatini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

AQSHning yetakchi kompaniya va banklari bilan amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surishga to‘xtalib o‘tildi.

Ishbilarmonlar bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar hamda davlatimiz rahbarining AQSHga tashrifidan oldin o‘tgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Inson huquqlari, gender tenglik sohalarida hamda inson farovonligini taʼminlashning boshqa yo‘nalishlarida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.