O‘zbekiston rahbari Marokash qiroliga kuchli zilzila oqibatida ko‘plab qurbonlar, jabrlanganlar bo‘lgani hamda katta talafot yetgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston rahbari Marokash qiroliga kuchli zilzila oqibatida ko‘plab qurbonlar, jabrlanganlar bo‘lgani hamda katta talafot yetgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Marokash hududida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VIga taʼziya yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanaliga tayanib.

O‘zbekiston Prezidenti vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Qirollik IIVning maʼlumotlariga ko‘ra, 8 sentyabr kuni Marokash hududida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 2 ming nafardan oshgan, 2 ming 59 nafar inson tan jarohati olgan, ulardan 1 ming 404 nafari og‘ir ahvolda. Marokash qiroli Muhammad VI zilzila qurbonlari uchun mamlakatda uch kunlik motam eʼlon qildi va qirollikning milliy bayroqlarini tushirishni buyurdi.

«Associated Press» AA olgan surat