Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va xonadoningizga qut-baraka tilab qolamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,
O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi