Germaniyaga borishni rejalashtirayotgan yoki u yerda bo‘lib turgan vatandoshlar diqqatiga

Germaniyaga borishni rejalashtirayotgan yoki u yerda bo‘lib turgan vatandoshlar diqqatiga

TOSHKENT, 16 avgust. “Dunyo” AA/. Shu yil  29 oktyabrdan boshlab «Uzbekistan Airways» Toshkent – Myunxen – Toshkent yo‘nalishida  havo qatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Aviatashuvchi  maʼlumotiga ko‘ra, parvozlar haftasiga  ikki marta, chorshanba va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq bajariladi:

-Toshkentdan jo‘nab ketish soat 06:25 da

-Myunxenga yetib kelish soat 9:20 da

-Myunxendan jo‘nab ketish soat 10:45 da

-Toshkentga yetib kelish soat 21:05 da

15 avgustdan boshlab aviachiptalarni xarid qilish mumkin.