Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2.3- bandini ijrosi bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi tadbirlar dasturini tasdiqlandi

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2.3- bandini ijrosi bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi tadbirlar dasturini tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-28-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 – yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2.3- bandini ijrosi bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturning elektron xizmatlar sonini oshirish qismida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida Adliya vazirligi “FXDYO yagona elektron arxivi” va “Notarius” axborot tizimlarini integratsiya qilish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston xududi va xorijda bo‘lib turgan fuqarolarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida “Konsullik xizmatlari maʼlumotnomasi” Telegram-botini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Aholi bilan doimiy muloqot maydonchalarini tashkil qilish sohasida Tashqi ishlar vazirligi, xususan, Konsullik-huquqiy departamentida fuqarolar tomonidan xizmat sifatini baholash tizimi yaratish, fuqoralardan kelib tushayotgan murojaatlarni xal etish borasida sifat va samaradorlik mezoniga asoslanish, shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki tahsil olayotgan fuqarolar, xususan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ularni yot g‘oyalardan asrash maqsadida qator tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, chora-tadbirlar dasturida xodimlarni muomala madaniyatini yuksaltirish va kasbiy etikatining umumiy tamoyillariga hamda odob-ahloq qoidalariga rioya etishlarini taʼminlash, faoliyat sohasidagi savodxonligini va aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazib borish aks ettirilgan.