TOSHKENT, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kecha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Sirdaro viloyatida, «Ekologik partiyasidan davlat rahbarligi uchun nomzod Abdushukur Hamzayev Toshkent shahrida saylovchilar bilan muloqot o‘tkazdi.
Bugun O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Uchrashuvlar chog‘ida nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturlarini taqdim etmoqda, saylovchilarning savollariga javob bermoqda, ularni saylovda hamda mamlakatning kelgusidagi taqdirini hal etish jarayonida faol qatnashishga chaqirmoqda.