Vatandoshlar diqqatiga: “Dunyo” AA saytida O‘zbekiston Prezidenti saylovlarini o‘tkazuvchi xorijiy davlatlarda joylashgan saylov uchastkalari manzillari ko‘rsatilgan interaktiv xarita eʼlon qilindi

Vatandoshlar diqqatiga: “Dunyo” AA saytida O‘zbekiston Prezidenti saylovlarini o‘tkazuvchi xorijiy davlatlarda joylashgan saylov uchastkalari manzillari ko‘rsatilgan interaktiv xarita eʼlon qilindi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari Prezident saylovlarida boshqa davlatlarda yashovchi vatandoshlarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida mamlakatimizning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta uchastka saylov komissiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.

Saylov uchastkalari ishini elchixonalar maslahatchilari va xodimlari, konsullar hamda vatandoshlar amalga oshiradi.

“Dunyo” AA tomonidan xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalari manzillari ko‘rsatilgan interaktiv xaritasi ishlab chiqildi. Ovoz berish uchun eng yaqin saylov uchastkasi haqidagi maʼlumotni yuqorida ko‘rsatilgan havoladan olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum chog‘ida “Dunyo” axborot agentligi tomonidan ishlab chiqilgan interaktiv xaritasidan xorijdagi yuz minglab fuqarolarimiz foydalangan edi.