TOSHKENT, 18-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehron shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimiz Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Mehrobod” xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.