Tehronda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tehronda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 18-iyun. /“Dunyo” AA/.   Tehrondagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, davlatimiz rahbarini Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy kutib oldi.

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Eronning davlat bayroqlari ko‘tarildi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

 Tehronda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

 Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi