O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘iston Prezidenti va xalqiga Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani va katta ziyon ko‘rilgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani va katta ziyon ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayev va qardosh Qozog‘iston xalqiga taʼziya yo‘lladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot  kotibi Sherzod Asadovning telegram kanalidagi manbaga  tayanib.

O‘zbekiston Prezidenti  qurbon bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyun Qozog‘istonda Milliy motam kuni deb eʼlon qilindi. 11 iyun kuniga qadar Abay viloyatidagi yong‘inda 14 nafar o‘rmonchi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi.