O‘zbekiston Prezidenti hudud gubernatori hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashish uchun Rimdan Milan shahriga keldi

O‘zbekiston Prezidenti hudud gubernatori hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashish uchun Rimdan Milan shahriga keldi

TOSHKENT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. Rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Rimdan Milan shahriga keldi, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Malpense” aeroportida oliy martabali mehmonni Lombardiya viloyati rahbariyati kutib oldi.

9 iyun kuni davlatimiz rahbari ushbu hudud gubernatori bilan uchrashadi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazadi.

«ITMA 2023» to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha eng yirik xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurilishi ham rejalashtirilgan.