O‘zbekiston Prezidenti va Italiya Vazirlar kengashi Raisi ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsini qabul qildilar

O‘zbekiston Prezidenti va Italiya Vazirlar kengashi Raisi ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsini qabul qildilar

TOSHKENT, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsini qabul qildilar, deb xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

 

Davlatimiz rahbarining matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, yetakchilar huzurida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘ldi. Huquqiy masalalarda, sanoat mulki va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan Italiya savdo agentligi o‘rtasida restavratsiya sohasida, O‘zbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish fondi va Italiya Respublikasi madaniyat vazirligi o‘rtasida madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda 2026 yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilindi.