O‘zbekiston Prezidenti Xorazmga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Xorazmga keldi

TOSHKENT, 31 mart. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qoraqalpog‘istondan Xorazm viloyatiga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif davomida Xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish, IT park faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.