O‘zbekiston Prezidenti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning borishi bilan tanishish uchun Qoraqalpog‘istonga keldi

O‘zbekiston Prezidenti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning borishi bilan tanishish uchun Qoraqalpog‘istonga keldi

TOSHKENT, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilib, respublikada sanoatni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilanadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlar bilan muloqot qilishi, mahallalardagi ishlarni ko‘zdan kechirishi hamda madaniy tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan.