O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari keng ko‘lamli hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari keng ko‘lamli hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar

TOSHKENT, 3-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bugun Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari o‘rinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi to‘g‘risida hisobotlarini tingladilar.

Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.

Telegram uchun: O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari keng ko‘lamli hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar

 

Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvda davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari o‘rinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi to‘g‘risida hisobotlarini tingladilar