O‘zbekiston TIV rahbari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “C5+1” yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston TIV rahbari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “C5+1” yig‘ilishida ishtirok etadi

TOSHKENT, 28-fevral. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 28 fevral kuni Ostona shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan “C5+1” shaklidagi Vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbir davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan sohalarda mazkur mexanizm doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH vazirlar uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi hamda “C5+1” Kotibiyati tashkil etilgani eʼlon qilingan edi.