O‘zbekiston Prezidenti Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

TOSHKENT, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida bugun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif davomida davlat rahbari mahallalar hayoti, taʼlim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechiradi. Yangi loyihalar ishga tushirilib, viloyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilanadi.