Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida O‘zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida O‘zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 21-fevral. /“Dunyo” AA/. Bugun Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy tashrif bilan Misrda bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi davlatimiz rahbarini samimiy qarshi olib, maxsus shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat milliy madhiyalari yangradi.

So‘ng davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.