Aziz yurtdoshlar, sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Aziz yurtdoshlar, sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi mustaqilligimizning yorqin timsoli, jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolatidir. Konstitutsiyamiz inson huquq va erkinliklari, jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratmoqda.

Bugungi kunga kelib O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, iqtisodiy va sayyohlik salohiyati bilan dunyoda e’tirof etilmoqda. O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalik muhiti, turli millat va din vakillarining hamjihatligini ta’minlashda Asosiy qonun – Konstitutsiyaning o‘rni beqiyos. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan turli xil demokratik islohotlar va yaratilayotgan shart-sharoitlar xalqimizning ertangi kunga ishonchini oshirmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – yurtimiz taraqqiyoti uchun o’z hissamizni qo’shishdir.

Aziz vatandoshlar, ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, yurtimizga tinchlik-omonlik, farovonlik, oilangizga hotirjamlik tilab qolamiz. Kasbiy faoliyatingizda omad va barcha xayrli ishlaringizda zafarlar hamroh bo’lsin!

Frankfurt-Mayn shahridagi O‘zbekiston Respublikasi

Bosh konsulxonasi