TOSHKENT, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bugun Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Taʼkidlash joizki, Vengriya 2018 yildan buyon ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.