Germaniya federal tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi

Germaniya federal tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi

TOSHKENT, 31-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bugun kechqurun Toshkentga uch kunlik tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib oldi.

Germaniya diplomatiyasi rahbari tashrif doirasida TIV, boshqa vazirlik va idoralarda muzokaralar o‘tkazadi.

Davlatimiz rahbari matbuot kotibning maʼlum qilishicha, GFR delegatsiyasini O‘zbekiston Prezidenti qabul qiladi.

Tashrif dasturida Samarqand ziyorati ham ko‘zda tutilgan.