TOSHKENT, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
![](https://dunyo.info/uploads/post/1666958543.2285.png)
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ushbu ezgu anʼana O‘zbekiston-YEI munosabatlarini yana-da chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi muzokaralarning natijalarini mustahkamlaydi.
Bugun oliy martabali mehmon Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi yangi ofisi ochilishida ishtirok etishi, Samarqand shahrining tarixiy-meʼmoriy obidalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning mamlakatimizga tashrifi yakunlanadi.