O‘zbekiston Prezidenti Ashxobodga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Ashxobodga keldi

TOSHKENT, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Ashxobod xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Botir Atdayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.