Turkmaniston Prezidentining “Og‘uzxon” saroyida O‘zbekiston yetakchisini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Turkmaniston Prezidentining “Og‘uzxon” saroyida O‘zbekiston yetakchisini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 21-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Turkmaniston Prezidentining qarorgohi – “Og‘uzxon” saroy majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov birgalikda suratga tushdilar.

Marosimda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirok etdi.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazmoqda.