O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahriga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahriga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentini aeroportda Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

13-14 oktyabr kunlari Ostonada ikkita sammit – Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlislari bo‘lib o‘tadi. Prezidentimiz ularda ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

Sammitlar kun tartibiga o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari kiritilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.