O‘zbekiston Prezidenti MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan,  bugun Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Sammitda yetakchilar ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.