Davlatimiz rahbari “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi

Davlatimiz rahbari “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi

TOSHKENT, 19 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yana-da oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining shaxsiy telegram-kanalida yozdi.

«O‘tgan hafta Samarqandda yangi barpo etilgan Sayyohlik markazida yirik xalqaro tarixiy tadbir – Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitini yuqori saviyada o‘tkazdik,- dedi Prezident. – Bunda xalqimiz, davlatimiz yuksak madaniyati va bunyodkorlik salohiyatini yana bir bor namoyon etdi».

“Samarqandda barpo etilgan yangi aeroport, 8 ta mehmonxona, kongress-xoll, park, boshqa ko‘ngilochar va dam olish majmualari – mamlakatimiz tarixida yangi turizm darvozasi va Yangi O‘zbekistonning “tashrif qog‘ozi”ga aylanishiga aminman”, dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois  Prezident Tashqi ishlar vazirligiga  “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini o‘tkazish va Samarqandga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlashni topshirdi.

Elchixonalar oldiga xorijiy mamlakatlarda targ‘ibot kampaniyasi, xorijiy ommaviy axborot vositalari, mashhur turistik blogerlar uchun press-turlar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Telegram uchun: Davlatimiz rahbari “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi

 

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yana-da oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazmoqda