O‘zbekiston Prezidenti Samarqandga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Samarqandga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-sentyabr kuni Samarqandga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Davlatimiz rahbarining Matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Prezident dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo o‘qildi.

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.

Ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.