O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning taxtga o‘tirishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Maktubda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yuksak hurmat ruhidagi keng qamrovli sheriklik kelgusida ham izchil rivojlanishiga ishonch bildirilgan, deb yozadi Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining telegram kanalida. Davlatimiz rahbari qirolga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda g‘oyatda sharafli faoliyatida ulkan yutuqlar, do‘st Birlashgan Qirollik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq tilagan”.