12-sentabr kuni mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida O‘zbekiston Prezidentining dasturiy ahamiyatga ega konseptual maqolasi chop etiladi

12-sentabr kuni mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida O‘zbekiston Prezidentining dasturiy ahamiyatga ega konseptual maqolasi chop etiladi

TOSHKЕNT, 12-sentabr. /«Dunyo» AA/. 12-sentabr kuni mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitiga bag‘ishlangan dasturiy ahamiyatga ega konseptual maqolasi chop etiladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bu oliy darajadagi uchrashuvdan nimalar kutilyapti? – deb yozadi davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining telegram-kanalida. – Sammit O‘zbekiston, mintaqa va umuman zamonaviy dunyo uchun qanchalik muhim? Yangi davrda O‘zbekiston nega mintaqaviy va global miqyosda keng hamkorlik va muloqotni ilgari surmoqda? O‘zbekistonning SHHTga raisligi tashkilot faoliyatida qanday aks etdi?

Shu va boshqa muhim savollarga Prezidentimizning maqolasida javob topish mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan SHHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida Tashkilotga a’zo davlatlar – Hindiston, Qog‘og‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston, kuzutuvchi davlatlar – Belarus, Eron va Mongoliya, mehmon sifatida taklif etilgan mamlakatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Turkmaniston va Turkiya yetakchilari ishtirok etadi.