O‘zbekiston TIV Kobulda sodir etilgan hamda Rossiya dipmissiyasi xodimlari va Afg‘oniston fuqarolari qurbon bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qatʼiy qoraladi

O‘zbekiston TIV Kobulda sodir etilgan hamda Rossiya dipmissiyasi xodimlari va Afg‘oniston fuqarolari qurbon bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qatʼiy qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bugun Kobulda sodir etilgan terrorchilik harakati munosabati bilan bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

“Kobuldagi Rossiya Federatsiyasining konsullik bo‘limi yaqinida 2022 yil 5 sentyabr kuni sodir etilgan hamda diplomatik vakolatxona xodimlari va Afg‘oniston fuqarolarining qurbon bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qatʼiy qoralaymiz, – deyiladi hujjatda. – Ushbu g‘ayriinsoniy harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz.

Halok bo‘lganlarining oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz”.