COVID-19: Payshanba kuni O‘zbekistonda salkam 30 nafardan ortiq kishi koronavirusga chalindi

COVID-19: Payshanba kuni O‘zbekistonda salkam 30 nafardan ortiq kishi koronavirusga chalindi

TOSHKENT, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. Payshanba kuni O‘zbekistonda 34 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 243 ming 266 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Eng ko‘p  kasallanish holatlari  poytaxtimizda (7), Samarqand (5), Farg‘ona, Navoiy va Toshkent viloyatlarida (3 kishidan) qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 71 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.

Ayni paytda 1 ming 80 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.