Oliy Majlis parlamentlararo guruhi va “Koreya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik Assotsiatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis parlamentlararo guruhi va “Koreya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik Assotsiatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlamentlararo guruhi va Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi “Koreya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik Assotsiatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Qonunchilik palatasi deputatlari, Pak Kvang On boshchiligidagi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi delegatsiyasi aʼzolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda parlamentlararo aloqalarning amaldagi holati va kelgusidagi rivoji,  shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi ustidan samarali parlament monitoringini taʼminlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar o‘zbek-koreys strategik sheriklik aloqalari rivojlanishi yangi yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida taʼkidladi.