COVID-19: Seshanba kuni O‘zbekistonda 33 kishi koronavirusga chalindi

COVID-19: Seshanba kuni O‘zbekistonda 33 kishi koronavirusga chalindi

TOSHKENT, 3-avgust. /“Dunyo” AA/. Seshanba kuni O‘zbekistonda 33 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 243 ming 195 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Eng ko‘p  kasallanish holatlari  poytaxtimizda (10), Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent (3 kishidan) viloyatlarida qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 54 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.

Ayni paytda 1 ming 138 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.