O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Prezident Ibrohim Raisiyga hamdardlik bildirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yetkazishni so‘radi, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, deb yozgan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.