Toshkentda “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi uchrashuvi o‘z ishini boshladi

Toshkentda “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi uchrashuvi o‘z ishini boshladi

TOSHKENT, 2-avgust. /“Dunyo” AA/. Toshkentda uch mamlakatning  tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalariga masʼul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Tadbirni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ochdi.

Tadbir kun tartibidan O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiya va transport sohalarida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari joy olgan.

Uchrashuv davomida ushbu sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflarning ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.