TOSHKENT, 1-avgust. /“Dunyo” AA/. Yakshanba kuni O‘zbekistonda 38 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 243 ming 131 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Eng ko‘p kasallanish holatlari poytaxtimizda (8), Samarqand, Toshkent, Jizzax, Xorazm, Namangan, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (3 kishidan) qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 59 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.
Ayni paytda 1 ming 200 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.